Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Monako» bosh direktori yozgi transferlar oynasida Pogbaning klubdan ketishi mumkinligini inkor etmadi

«Monako» bosh direktori yozgi transferlar oynasida Pogbaning klubdan ketishi mumkinligini inkor etmadi

Baho:
+ | -

«Monako» bosh direktori Tyago Skuro chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yarim himoyachi Pol Pogba yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi mumkinligini ma’lum qildi.

33 yoshli fransiyalik futbolchining shartnomasi yana bir mavsumga mo‘ljallangan, biroq uning kelajagi borasidagi qaror jismoniy holati va bosh murabbiy Filipe Luisning fikriga bog‘liq bo‘ladi.

«Bu juda murakkab mavzu. Biz ushbu insonga nisbatan katta hurmatdamiz. U kelganida juda ijobiy kayfiyatda edi va yosh o‘yinchilarga yordam berardi. Ammo haqiqat shundaki, o‘tgan mavsumda u bilan bog‘liq loyiha o‘zini oqlamadi. Biz buni boshlaganimizda kutilgan natijalar mutlaqo boshqacha edi. Hozir, menimcha, unga nisbatan adolatli bo‘lish kerak: har hafta uning tayyorgarligini kuzatish, jismoniy va texnik jihatdan qanday progress qilayotganini ko‘rish lozim. Keyin esa qaror murabbiyga bog‘liq — Filipe Luis unga o‘yin vaqti beradimi yoki yo‘q. Bu yozda biz Polning darajasi qanday ekanini ko‘ramiz. U ketishi mumkinmi? Ha, albatta. U bilan munosabatlarimiz hamisha ochiq va shaffof bo‘lgan. Agar biror vaqtda o‘yinchi va klubning maqsadlari bir-biriga mos kelmay qolsa, yechim izlash kerak bo‘ladi. Maydondagi o‘yin barcha savollarga javob beradi. Balki u ketar, balki qolar», — deya Skuroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi L'Équipe.

Pogba «Monako» safiga 2025 yilning yozida kelib qo‘shilgan va faoliyatidagi uzoq tanaffusdan so‘ng 6 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 18:46, 08.07.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик