Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Borussiya» yetakchisi Angliyaga yo‘l olishi mumkin: «MYU» norvegiyalik himoyachiga da’vogar

«Borussiya» yetakchisi Angliyaga yo‘l olishi mumkin: «MYU» norvegiyalik himoyachiga da’vogar

Baho:
+ | -

Yulian Ryuerson «Manchester Yunayted»ning e’tiborini tortdi.

Bild nashriga tayanib Get German Football News xabar berishicha, ingliz klubi «Borussiya» himoyachisining vakillari bilan o‘yinchining ehtimoliy transferini muhokama qilmoqda.

Dortmundliklar 28 yoshli futbolchini kiyim almashtirish xonasining yetakchisi deb bilishadi va unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Ular norvegiyalik futbolchini sotish variantini faqatgina 30 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilingan taqdirdagina ko‘rib chiqishadi.

O‘tgan mavsum Bundesligada Yulian Ryuerson 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoaning eng yaxshi assistenti bo‘ldi.

Kiritildi: 13:00, 09.07.2026.
O'qildi: 972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик