Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem bosh murabbiy Tomas Tuxelning JCH-2026 chorak finalida Norvegiya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) keyingi tanqidiga javob qaytardi. Avvalroq Tuxel jamoa o‘z o‘yinini o‘zi murakkablashtirganini aytgan edi.
«Balki u bunday sharoitda Erling Xoland, Martin Edegor, Antonio Nusa va Syorlot kabi futbolchilarga qarshi o‘ynash qanday ekanini bilmas. Bu umuman oson raqib emas. Shuning uchun, bilasizmi, biz pozitiv muhit yaratishga harakat qildik va turnirning hal qiluvchi bosqichi oldidan bu ruhni saqlab qolishimiz kerak», — deya Bellingemning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TNT Sports.
Bellingem ushbu uchrashuvda dubl qayd etgan edi.
Turnir yarim finalida Angliya terma jamoasi Argentina — Shveysariya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.













