Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

UFC. Makgregor jang boshidayoq oyog‘idan jarohat oldi va Xolloueyga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi

UFC. Makgregor jang boshidayoq oyog‘idan jarohat oldi va Xolloueyga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Las-Vegasdagi UFC 329 turnirining asosiy jangida amerikalik Maks Xolloueyga imkoniyatni boy berdi.

37 yoshli irlandiyalik jangning ilk soniyalaridayoq raqibiga sakrab zarba berishga urindi, ammo yerga qo‘nish chog‘ida oyog‘ini shikastlab oldi. Shundan so‘ng Makgregor oktagonda bir necha bor yiqildi va bir nechta zarbalarni o‘tkazib yubordi. Natijada hakam jangni texnik nokaut bilan to‘xtatdi.

Xollouey 13 yil avvalgi mag‘lubiyati uchun revansh olishga muvaffaq bo‘ldi — 2013 yilning avgust oyida Makgregor hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan g‘alaba qozongandi. Makgregorning o‘zi esa 2021 yilda Dastin Poryedan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ilk jangini o‘tkazdi.

34 yoshli Xolloueyning hisobida endi MMAda 28 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat bor. Makgregor esa aralash yakkakurashlardagi 22 ta g‘alabasiga qarshi yettinchi (ketma-ket uchinchi) mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:58, 12.07.2026.
O'qildi: 3345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик