«Chelsi» «Bolonya» futbolchisi Jonatan Rou bilan muzokaralarni boshladi, chunki Alexandro Garnacho joriy yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi kutilmoqda.
23 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yozda sobiq jamoadoshi Adriyen Rabio bilan yuzaga kelgan shov-shuvli mojarodan so‘ng «Marsel»dan «Bolonya»ga o‘tgan edi.
Rou o‘tgan mavsumda «Bolonya» safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab, yevrokuboklar zonasiga chiqishga biroz yetmay qoldi.
«Il Resto del Carlino» nashri xabariga ko‘ra, «Chelsi» Rouning vakillari bilan «Stemford Bridj»ga ehtimoliy o‘tish yuzasidan muzokaralarni boshlagan.













