«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton yozgi transfer oynasida «Chelsi» futbolchisiga aylanishi mumkin.
CaughtOffside xabariga ko‘ra, «ko‘klar» 22 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha «burgutlar» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Manbaga ko‘ra, «Liverpul» va «Manchester Yunayted» futbolchiga bo‘lgan qiziqishini kamaytirgan, «Tottenxem» esa poygadan butunlay chiqib ketgan.
Kelishuv «Kristal Pelas»ning moliyaviy talablari tufayli murakkablashmoqda, chunki ular Elliot Andersonning «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga transferini namuna sifatida olmoqda. «Burgutlar» o‘z yarim himoyachisini sotish orqali 135,7 million yevro ishlab olmoqchi.
2025/26 yilgi mavsumda Adam Uorton barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













