Misr terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi Ibrohim Hassan JCH–2026 1/8 final bahsida Argentina terma jamoasi futbolchilari xulqini tanqid qildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvda Misr 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
«Ular o‘zlarini juda provokasion tarzda tutishdi. Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. Lionel Messi xuddi hammasini vayron qilishni, bizni provokasiya qilishni istagandek keldi. Ular bizning oldimizga kelib turishdi», — dedi Hassan.
Keyinchalik Argentina chorak finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Finalga chiqish uchun argentinaliklar Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika hududida 11 iyundan 19 iyulga qadar o‘tkazilmoqda.













