Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

De la Fuente: «Bu jahon chempionatida haqiqiy Yamalni hali ko‘rganimizcha yo‘q»

De la Fuente: «Bu jahon chempionatida haqiqiy Yamalni hali ko‘rganimizcha yo‘q»

Baho:
+ | -

Lamin Yamal AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan 2026 yilgi jahon chempionatida o‘z salohiyatini hali to‘liq ochib bergani yo‘q. Bu haqda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente ma’lum qildi.

Futbolchi jahon birinchiligida oltita o‘yin o‘tkazib, atigi bitta gol muallifi bo‘ldi va birorta ham golli uzatma amalga oshirmadi.

«Bu jahon chempionatida haqiqiy Lamin Yamalni hali ko‘rganimizcha yo‘q», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Touchline ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.

19 yoshli Yamalning bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi. U «qizil furiya» safida 2024 yilgi Yevropa chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 08:40, 13.07.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик