Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Superliga klublari uchun yozgi transfer oynasida yengillik berildi

Superliga klublari uchun yozgi transfer oynasida yengillik berildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga reglamentining 11.4-bandiga ko‘ra, klublar yozgi transfer oynasida besh nafar futbolchi va bir nafar darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin edi. Biroq bugunga kelib, professional klublar Prezidentning 2026 yil 24 martdagi "Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 107-sonli qarori asosida moliyalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda mahalliy va chet ellik futbolchilar hamda xodimlarning ish haqini mutanosib miqdorda to‘lashni ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va Sport sohasida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tartibi ishlab chiqilmoqda. Ushbu hujjatlar tasdiqlangunga qadar, klublarda futbolchilarning maoshlarini to‘lashda qiyinchiliklar ko‘zga tashlanmoqda.

Qishki transfer oynasi 20 fevralda yopilgan bo‘lib, ayrim klublar yillik xarajatlar smetasi to‘liq tasdiqlanmasdan turib, yuqori haq oluvchi o‘yinchilar bilan shartnoma tuzgan edi. Endilikda klublar xarajatlarni optimallashtirish uchun ba’zi futbolchilar bilan shartnomalarni muddatidan avval bekor qilmoqda. Bu esa ularning yozgi transfer rejalariga o‘zgartirish kiritishni taqozo etdi.

Liga mavjud muammolarning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, iyun oyida reglamentning 11.4-bandini vaqtinchalik yengillashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ydi va klublar taklifini o‘rgandi. Cheklovni 2026 yilning ikkinchi yarmi uchun 10 nafar futbolchi va 2 nafar darvozabon ko‘rinishida o‘zgartirish muhokama qilindi.

"Bunyodkor", "OKMK" va "Lokomotiv"dan tashqari, Superliganing 12 ta klubi ushbu taklifni yoqlab ovoz berdi. "Andijon" klubi esa so‘rovni javobsiz qoldirdi. Shundan kelib chiqib, Liga yozgi transfer oynasi uchun cheklovni 10 nafar futbolchi va 2 nafar darvozabon ko‘rinishida kengaytirishga ruxsat berishni maqsadga muvofiq deb topdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:43, 13.07.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик