Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Lans» «Yuventus» futbolchisini ijaraga olmoqchi

«Lans» «Yuventus» futbolchisini ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Loi Openda Fransiyaning «Lans» klubi ro‘yxatida turibdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Lans» yozda «RB Leypsig»dan Italiyaga doimiy ravishda ko‘chib o‘tgan 26 yoshli belgiyalik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha «Yuventus»ga so‘rov yuborgan. Biroq qayd etilishicha, «Lans» hujumchining yiliga to‘rt million yevrolik maoshini to‘liq to‘lashga tayyor emas va «Yuventus»dan moliyaviy yordam so‘ramoqda.

Turinliklar o‘tgan yozda hujumchini «RB Leypsig»dan majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olgan edi, ammo hozirda uni sotib yuborishni istashmoqda. Openda jamoa safida barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Futbolchining «Yuventus» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:54, 14.07.2026.
O'qildi: 361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик