Italiyaning "Roma" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun izlanishlarni davom ettirmoqda. Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, "Vest Xem" vingeri Krisensio Sammervillning agentlari allaqachon Rimda va yaqin kunlarda jamoa rahbariyati bilan muzokaralar olib borishlari mumkin.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi klub safida 34 ta o‘yinda yettita gol va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.
Krisensio Sammervilldan tashqari, Alexandro Garnacho va Diyego Moreyra ham rimliklarning qisqa ro‘yxatida qolmoqda. "Roma" allaqachon ikkala futbolchi uchun ham takliflar yuborgan. Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bitimlar bo‘yicha qarorlarni mos ravishda Garnacho va Moreyra huquqlariga ega bo‘lgan "Chelsi" va "Strasburg" klublarining ham egasi Bexdad Egbali qabul qilmoqda.
Ikkala futbolchining agenti Jorje Mendesh Rim klubining takliflarini tasdiqlashga harakat qilib, Egbali bilan muzokaralar olib bormoqda.













