Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Jahon chempionati rekordchisiga aylandi.
30 yoshli «Manchester Siti» vakili «Qizil furiya»ga Fransiya terma jamoasini mag‘lub etib, finalga chiqishga yordam berdi (2:0). Opta ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachi joriy mundialda jami 655 ta aniq uzatmani amalga oshirdi — bu turnirning bir mavsumi doirasidagi tarixdagi rekord natijadir. Ta’kidlash joizki, mazkur ma’lumotlar faqat 1966 yildan buyon to‘plab kelinadi.
Fransuzlarga qarshi kechgan uchrashuvda Rodri 67 ta uzatma berdi, shundan 58 tasi o‘z manziliga yetib bordi. «Uch ranglilar»ga qarshi kechgan yarim final bahsida faqat markaziy himoyachi Emerik Laportgina undan ko‘proq pas oshirgan.
JCH-2026 finalida Ispaniya Argentina yoki Angliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.













