Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Ferdinand Tilemansning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi nega muvaffaqiyatli bo‘lganini tushuntirdi

Ferdinand Tilemansning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi nega muvaffaqiyatli bo‘lganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Rio Ferdinand yarim himoyachi Yuri Tilemansning «Aston Villa»dan «qizil iblislar» safiga o‘tishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Tilemans Angliya Premyer-ligasida, Yevropada o‘ynash tajribasiga ega va u juda aqlli o‘yinchi. «Manchester Yunayted» tovon puli bandidan unumli foydalandi. Bilasizmi, menga bu holatda nima yoqadi? Bu — bozorni chuqur anglash va to‘g‘ri tahlil qilish. Agar ushbu band bo‘lmaganida, uning APLdagi tajribasi va Belgiya terma jamoasi sardori ekanligini hisobga olsak, u kamida 70 million funt sterling yoki undan ko‘proqqa baholanardi.

Ochiqroq aytadigan bo‘lsak, «Aston Villa» uni sotgisi kelmasdi. Ular o‘yinchini tovon pulidan past narxda qo‘yib yuborishni istashmasdi. Shu bois, «Manchester Yunayted» ajoyib ishni amalga oshirdi deb hisoblayman. Uning saviyasidagi o‘yinchi uchun 35 million funt sterling — bu shunchaki ajoyib kelishuv», — dedi Ferdinand o‘z podkastida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 iyul kuni «Manchester Yunayted» Tilemans bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilgandi.

Kiritildi: 19:42, 15.07.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик