«Qo‘qon-1912» klubi seleksiya ishlari doirasida navbatdagi transferni amalga oshirdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jamoa tajribali himoyachi Ibrohim Yo‘ldoshev bilan shartnoma imzolagan.
Yo‘ldoshev 2026 yilgi mavsumning birinchi qismini «Andijon» klubi safida o‘tkazgan edi.
Ma’lumot uchun, Ibrohim Yo‘ldoshev 1999 yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 27 yoshli himoyachi faoliyati davomida «Paxtakor», «Metallurg», «Surxon», «Dinamo», «Navbahor», «Lokomotiv» va «Andijon» jamoalari sharafini himoya qilgan.
Shuningdek, u o‘z vaqtida O‘zbekistonning U19, U21 va U23 terma jamoalari yig‘inlariga jalb etilib, xalqaro maydonda o‘yinlar o‘tkazgan.













