Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Tuxel: «Hech kim uchinchi o‘rin uchun o‘yinni o‘ynashni istamaydi»

Tuxel: «Hech kim uchinchi o‘rin uchun o‘yinni o‘ynashni istamaydi»

Baho:
+ | -3

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida Fransiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchinchi o‘rin uchun bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Avvalroq inglizlar yarim finalda Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, finalga chiqa olmagan edilar.

«Na bizning, na fransuz o‘yinchilarining bu o‘yinda maydonga tushgisi keladi. Biz finalda o‘ynamoqchi edik. Buning uchun qo‘limizdan kelganini qildik. Barcha Jahon chempionatini yutish uchun o‘ynaydi, uchinchi o‘rin uchun emas. Fransiyaga nisbatan tiklanish uchun bir kun kamroq vaqtimiz bor, ammo biz tayyorgarlikka professional tarzda yondashamiz», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchinchi o‘rin uchun bahs 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:20, 17.07.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик