Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

"Manchester Yunayted" 25-30 million yevrolik "Inter" himoyachisiga qiziqmoqda

"Manchester Yunayted" 25-30 million yevrolik "Inter" himoyachisiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" aprel oyidan beri "Inter"ning qanot himoyachisi Karlos Augustoga qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" 27 yoshli futbolchini 25-30 million yevro evaziga sotishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Augustoga bo‘lgan qiziqishga qaramay, "qizil iblislar"ning chap qanot himoyachisi pozisiyasi uchun asosiy transfer maqsadi "Nyukasl" vakili Lyuis Xoll bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" "Vest Xem"ning 20 yoshli o‘yinchisi Oliver Skarlsga ham qiziqish bildirgan.

O‘tgan mavsumda Augusto barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 23 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:48, 17.07.2026.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик