Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«Bavariya» Olisega katta maosh berishga tayyor

«Bavariya» Olisega katta maosh berishga tayyor

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachi Maykl Olise bilan xayrlashish niyatida emas, deb xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubida 24 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyat bo‘yicha xotirjamlik saqlanmoqda. Ta’kidlanishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres shaxsan «Bavariya»ni Madrid klubi yozgi transferlar oynasida Oliseni sotib olishga urinmasligiga ishontirgan. Bundan tashqari, hozirgi kunga qadar na Olise, na uning vakillari «Bavariya»ni jamoadan ketish istagi borligi haqida ogohlantirgan.

Myunxenliklar yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirib, uni «Bavariya»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi.

Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda Olise myunxenliklar safida barcha turnirlarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa u Fransiya terma jamoasi safida 7 ta o‘yinda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 18:18, 17.07.2026.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик