Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Ernan Krespo Meksika klubiga bosh murabbiy bo‘ldi

Ernan Krespo Meksika klubiga bosh murabbiy bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo «Atlas» klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi, deya xabar berdi meksikaliklar jamoasi matbuot xizmati.

51 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma muddati hozircha oshkor etilmagan. Kresponing oxirgi ish joyi Braziliyaning «San-Paulu» klubi bo‘lgan, u ushbu jamoani mart oyida tark etgan edi.

Bungacha argentinalik murabbiy Qatarning «Al-Duhayl», BAAning «Al-Ayn», Argentinaning «Banfild» va «Defensa», shuningdek, Italiyaning «Modena» klublarida ishlagan.

Futbolchi sifatida Krespo «River Pleyt», «Parma», «Lasio», «Inter», «Milan», «Jenoa» va «Chelsi» jamoalarida to‘p surgan. Argentina terma jamoasi safida u 64 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urgan.

Kiritildi: 18:28, 17.07.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик