FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi JCH-2026 final uchrashuvida tanaffus vaqtini uzaytirish rejasini tanqid qildi. Avvalroq FIFA tanaffusni 30 daqiqagacha uzaytirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Bu qaror futbolning amaldagi qoidalarini buzadi, chunki qoida bo‘yicha tanaffus 15 daqiqadan oshmasligi kerak. Bu o‘zgarishlar Amerikaning «Superboul»i uslubidagi 11 daqiqalik musiqiy shouni o‘tkazish uchun zarur.
«Suv ichish» uchun pauzalar — bu faqat boshlanishi. Jahon chempionati finali turnirning eng yorqin voqeasini namoyish etadi — futbol tarixidagi eng uzoq tanaffus.
Jahon chempionati finali xuddi Superboulning nusxasiga o‘xshaydi. Qayoqqa qarab ketyapsan, FIFA?» — deb yozdi Blatter X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. 2022 yilgi mundial finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan to‘qnash kelgan. O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa argentinaliklarning qo‘li baland kelgandi (4:2).













