Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Saloh va «Beshiktosh» hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi

Saloh va «Beshiktosh» hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Saloh Turkiyaning «Beshiktosh» klubi bilan hamkorlik shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Santi Auna ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, misrlik futbolchi yiliga 10 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, shartnomada 2 million yevrogacha bo‘lgan bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bir yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Saloh o‘tgan mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etdi. U 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 41 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Salohning transfer qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:57, 17.07.2026.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик