Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

JCH-2026 finali Messi uchun Argentina safidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladimi? Skaloni javob berdi

JCH-2026 finali Messi uchun Argentina safidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladimi? Skaloni javob berdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 19 iyul kuni Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCH–2026 finali 39 yoshli hujumchi Lionel Messi uchun milliy jamoa safidagi so‘nggi uchrashuv bo‘lishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«Bilmayman. Bu haqda umuman tasavvurim yo‘q. Bu savolni menga emas, Messining o‘ziga berishingiz kerak.

Messi — tirik afsona, futbol tarixining ajralmas qismi. Bu haqda gapira olishimning o‘zi men uchun faxr. U 39 yoshida ham jahon chempionati finaliga chiqdi — bu aqlbovar qilmas natija! Shuning uchun ham Leo qilayotgan ishlarni qadrlashimiz kerak», — dedi Skaloni.

Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. 39 yoshli hujumchi milliy jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 206 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan. U Argentina bilan birgalikda 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:24, 18.07.2026.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик