"Barselona"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Xavi Ernandes tez orada ikki karra jahon chempioni bo‘lishi mumkin bo‘lgan Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yakshanba kuni Argentina terma jamoasi mundial finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
"Messida men avvalo do‘stimni ko‘raman. Bizning munosabatlarimiz a’lo darajada. U qilayotgan barcha ishlarni ta’riflashga so‘z topa olmayman. Men unga: "Senga yana nima deyishni bilmayman", deyman. U kamtarligicha qolmoqda va haqiqiy yirtqich kabi g‘alaba uchun kurashmoqda. U o‘z jamoasining ma’naviy yetakchisi sifatida vazifasini qoyilmaqom bajaryapti", — deya Xavining intervyusidan iqtibos keltiradi ispan OAV.
Lionel Messi JCH-2026 da sakkizta gol va to‘rtta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













