Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

«Chelsi»da Enso Fernandes bo‘yicha takliflar yo‘q

«Chelsi»da Enso Fernandes bo‘yicha takliflar yo‘q

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Enso Fernandes «Chelsi»da qolishi mumkin.

Jurnalist Kiran Gillning ma’lumotlariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi safida jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi ko‘rsatgan yorqin o‘yinidan keyin ham «ko‘klar» xavbek transferi bo‘yicha boshqa klublardan hozircha hech qanday taklif olmagan. Bunga «Chelsi» futbolchini sotishdan istayotgan summa sabab bo‘lishi mumkin.

Enso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi London klubi safida barcha turnirlarda 54 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:15, 19.07.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик