Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Yuventus» bir mavsumda 70 ta gol o‘tkazib yuborgan darvozabonni sotib olishi mumkin

«Yuventus» bir mavsumda 70 ta gol o‘tkazib yuborgan darvozabonni sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Frayburg» darvozaboni Noa Atubolu «Yuventus»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi darvozabon qidiruvida bo‘lgan Turin klubiga 24 yoshli posbonning xizmatlari taklif qilingan. Shu bilan birga, germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, u yangi bitim imzolashni rad etmoqda.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumda Atubolu maydonga tushgan 50 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 70 ta gol o‘tkazib yuborgan. 12 ta uchrashuvda esa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 16:53, 23.07.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик