Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Leonardo Italiya futbolidagi muammolar haqida: «Hamma narsa tayyorgarlik metodikasiga borib taqaladi»

Leonardo Italiya futbolidagi muammolar haqida: «Hamma narsa tayyorgarlik metodikasiga borib taqaladi»

Baho:
+ | -

Italiya futbol federasiyasi maslahatchisi Leonardo mahalliy futbolda muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarni o‘zgartirish kerakligi haqida o‘z fikrini bildirdi. «Skuadra adzurra» ketma-ket 3 ta jahon chempionatini o‘tkazib yubordi.

Leonardo italyan futboli futbolchilarning texnik tayyorgarligi bo‘yicha ortda qolayotganini ta’kidladi.

«Biz yosh futbolchilarga ko‘proq erkinlik berishimiz kerak. Hamma narsa tayyorgarlik metodikasiga borib taqaladi. Bosh murabbiyga kelsak, bizga umumiy futbol qarashlarimizni baham ko‘radigan mutaxassis kerak. Juda turli xildagi murabbiylar muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin, ammo bosh murabbiy va sport rahbariyati o‘rtasida to‘liq o‘zaro tushunish bo‘lishi shart», — dedi mutaxassis Federasiya saytiga.

«Bizning maqsadimiz — singdirilgan yagona futbol filosofiyasini barcha darajalarda: milliy terma jamoadan tortib yoshlar jamoalarigacha namoyon etishdir», — deya qo‘shimcha qildi u.

Xosep Gvardiola Italiya terma jamoasida ishlashdan bosh tortganidan so‘ng, mahalliy OAV Andrea Pirloni bosh murabbiylikka asosiy da’vogar sifatida tilga olmoqda.

Kiritildi: 15:57, 24.07.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик