Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

«Liverpul» Barkola transferi bo‘yicha ishlarni faollashtirdi

«Liverpul» Barkola transferi bo‘yicha ishlarni faollashtirdi

Baho:
+ | -

Insayder Florian Plettenbergning X (sobiq Twitter) tarmog‘ida xabar berishicha, «Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkola transferi bo‘yicha ishlarni faollashtirdi va shartnomani yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yakunlamoqchi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar 22 yoshli fransuz futbolchisining shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon bilishadi va kelishuvga erishishda hech qanday muammo kutishmayapti. Asosiy masala «Pari Sen-Jermen» bilan futbolchining transferi bo‘yicha kelishib olish bo‘lib turibdi.

Tomonlar o‘rtasidagi yangi muzokaralar do‘shanba kuniga rejalashtirilgan. «Liverpul» yaqin orada birinchi rasmiy taklifni yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Barkolaning o‘zi shu yozda «PSJ»ni tark etishga tayyor. «Qizillar» transfer oynasi yopilgunga qadar fransuz vingeri bilan shartnoma imzolash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni niyat qilishgan.

Kiritildi: 12:16, 27.07.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик