L'Equipe nashrining xabar berishicha, «PSJ» Yan Diomande bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatganidan so‘ng, asosiy e’tiborini yangi markaziy himoyachi xarid qilishga qaratdi.
Fransiya chempionlari hozirda ham markaziy, ham o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynay oladigan va o‘ng oyoqda yaxshi harakat qiladigan himoyachiga ustuvorlik berishmoqda.
Xabarda aytilishicha, sport maslahatchisi Luish Kampush muzokaralarga kirishishdan oldin munosib nomzodni aniqlash bo‘yicha seleksiya jamoasi bilan birgalikda seleksiya jarayoniga bosh-qosh bo‘lmoqda. Maqsad — Ashraf Hakimiyga o‘rinbosar topish va shu bilan birga Luis Enrike himoya chizig‘ining chuqurligini oshirishdir.
«PSJ» Diomande uchun kurashdan chiqqach, yangi mavsum oldidan jamoadagi muvozanatni buzmagan holda himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu borada himoyani kuchaytirish klub uchun ustuvor vazifaga aylangan.













