Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Yan-Kristian Drizen «Real»dan Olise bo‘yicha hech qanday taklif bo‘lmaganini ma’lum qildi

Yan-Kristian Drizen «Real»dan Olise bo‘yicha hech qanday taklif bo‘lmaganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen myunxenliklarning qanot hujumchisi Maykl Olise jamoada qolishini ta’kidladi.

Ma’lumki, ushbu transfer oynasida fransiyalik vingerni Madridning «Real» klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Olise jamoada qoladi. «Real»dan bizga hech qanday xat, faks yoki qo‘ng‘iroq bo‘lgani yo‘q. Asl haqiqatni bilgan holda, qanchadan-qancha asossiz xabarlar tarqalayotganini kuzatish juda qiziq. To‘g‘risini aytsam, bu haqda mendan necha marta so‘rashganining hisobidan adashib ketdim», — deydi Drizen RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali fransiyalik futbolchini 170 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:29, 28.07.2026.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик