Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Dovbik transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Dovbik transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi va «Roma» hujumchisi Artyom Dovbik Italiya A Seriyasi ichida klubini almashtirishga yaqin turibdi. 29 yoshli futbolchining yangi jamoasi «Bolonya» bo‘lishi mumkin.

Calcio Bologna xabariga ko‘ra, ukrainalik forvard transfer oldidan batafsil tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Klub rahbariyati va shifokorlari Dovbikning chap sonida o‘tkazilgan operasiyadan so‘ng to‘liq tiklanganiga ishonch hosil qilishni istashmoqda.

Avvalroq hujumchi «Bolonya» safini ijara huquqi asosida to‘ldirishi haqida xabar berilgan edi.

Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida Dovbik Rim klubi safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 12:44, 30.07.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик