Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Balde «Barselona»dan ketadimi?

Balde «Barselona»dan ketadimi?

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde ushbu yozda Kataloniya klubini tark etish ehtimolini butunlay rad etdi.

22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Xansi Flik jamoasida muntazam maydonga tushib, barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda qatnashdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Avvalroq «Barselona» Baldeni shu yozda sotishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Sport nashriga bergan intervyusida Balde «Kamp Nou»ni tark etish niyati yo‘qligini tasdiqladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha amal qiladi.

«Men hech qayerga ketmayman. «Barsa» — mening uyim. Men 16 yildan beri ushbu klubdaman, butun hayotim shu yerda o‘tgan. Men shu yerda muvaffaqiyatga erishishni istayman, barcha xayolim shu klubda», — dedi Balde.

Kiritildi: 12:53, 30.07.2026.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик