Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Iqtidorli murabbiylar» konferensiyasiga start berildi

«Iqtidorli murabbiylar» konferensiyasiga start berildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan «Iqtidorli murabbiylar» konferensiyasining ilk kuni boshlandi. Anjuman murabbiylar ta’limi sifatini oshirish, ularning malakasini zamon talablari asosida rivojlantirish hamda seleksiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar hamda bu jarayonda murabbiylar ta’limining ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yetti yil davomida futbol sohasiga oid 9 ta Prezident qarori qabul qilingan bo‘lib, bu mamlakatda futbol taraqqiyotiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol ifodasidir.

«Murabbiylarda doimo takliflar va g‘oyalar bo‘ladi. Ana shunday masalalarni ochiq konferensiyalarda muhokama qilishimiz, futbol taraqqiyoti uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni keng joriy etishimiz kerak», — dedi Ravshan Ermatov.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Odil Ahmedov hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham ishtirok etib, zamonaviy futbolning rivojlanish tendensiyalari, yosh futbolchilar bilan ishlash tamoyillari va futbol akademiyalarining ahamiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Konferensiyada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan bolalar futboli va klublar murabbiylari qatnashib, yosh futbolchilarni tayyorlash, zamonaviy murabbiylik yondashuvlari hamda futbol taraqqiyotining dolzarb masalalari bo‘yicha tajriba almashmoqda.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 17:19, 30.07.2026.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик