Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Manba: «PSJ» va «Monako» 50 million yevrolik transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi

Manba: «PSJ» va «Monako» 50 million yevrolik transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» va «Monako» klublari yarim himoyachi Magnes Akliushning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Taniqli insayder Sasha Tavolyerining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, parijliklar futbolchi uchun 50 million yevro to‘laydi.

Manbaga ko‘ra, aynan shu summa «Monako» tomonidan muzokaralar boshlangan ilk kunlardanoq talab qilib kelingan.

Avvalroq tarqalgan xabarlarda Akliush «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgani aytilgan edi. Yaqin kunlarda transferga oid barcha rasmiy jarayonlar yakunlanishi kutilmoqda.

Magnes Akliush «Monako» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yil yozidan buyon klubning asosiy jamoasi safida to‘p surib kelmoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:13, 30.07.2026.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик