"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni nima uchun klubda qolishga qaror qilganini tushuntirdi.
Polshalik faxriy o‘tgan mavsumda ko‘p maydonga tushmadi, ammo baribir "ko‘k-anorrangliklar" safida o‘ynashni davom ettirishni xohladi.
"Meni qolishga kim ko‘ndirdi? Men va Xansi Flik. Biroq, agar men endi buni qila olmasligimni his qilsam, davom ettirmasdim - hech kim meni ko‘ndira olmasdi. Men hali ham yuqori darajada o‘ynashga tayyorman. Menimcha, tajribam jamoa uchun foydali bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, qo‘limdan kelganicha hissa qo‘sha olsam, qolishdan xursandman", - dedi 36 yoshli darvozabon BarçaTimes bilan suhbatda.
Voysex Shesnining "Barselona" bilan shartnomasi keyingi yozgacha amal qiladi.













