FIFA prezidenti Janni Infantino Taxt kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlarida ishtirok etish uchun Marokashga tashrifi chog‘ida ushbu mamlakatga bo‘lgan hayratini yashirmadi.
«Marokashliklar — o‘z milliy terma jamoasi muvaffaqiyatlarini katta quvonch va entuziazm bilan nishonlaydigan haqiqiy futbol jonkuyarlaridir», — dedi shveysariyalik funksioner.
Shuningdek, tashkilot rahbari JCH-2030 «shubhasiz, tarixdagi eng yaxshi musobaqaga aylanishini» ta’kidladi:
«U eng yaxshisi bo‘ladi, chunki eng go‘zal mamlakatlardan biri — Marokashda bo‘lib o‘tadi. Yashasin Marokash! Menga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun tashakkur», — deydi Infantinoning so‘zlarini COPE.
Argentina, Paragvay, Urugvay, Ispaniya, Portugaliya va Marokash 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar hisoblanadi. Turnirning asosiy qismi Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi, Urugvay, Argentina va Paragvay esa musobaqa tarixidagi ilk turnirning 100 yilligi munosabati bilan bittadan ochilish o‘yinini qabul qiladi.













