Angliyaning «Tottenxem» klubi «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen bo‘yicha dastlabki taklifni ilgari surdi. London klubi 50-55 million funt sterling (58-65 million yevro) atrofida mablag‘ taklif qilgan. Biroq «Galatasaroy» ushbu summani qabul qilishga tayyor emas va o‘z futbolchisi uchun qariyb 65 million funt (76 million yevro) talab qilmoqda, deb xabar beradi insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda.
«Tottenxem»dan tashqari, nigeriyalik hujumchi uchun «Manchester Yunayted», «Chelsi» va Madridning «Atletiko» kabi boshqa klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Ularning barchasi atrofidagi vaziyat rivojini sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda.
«Galatasaroy» Osimhenni 2025 yilning yozida «Napoli»dan rekord darajadagi 75 million yevroga sotib olgan edi, bu Turkiya futboli tarixidagi eng yuqori transfer summasi hisoblanadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali forvardning qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.













