Turkiyaning «Galatasaray» klubi «Napoli» va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryoyneni sotib olmoqchi. Insayder Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Istanbul klubi belgiyalik futbolchi uchun jozibador shartlarga ega ikki yillik shartnoma tayyorlamoqda.
Shuningdek, «Galatasaray» «Napoli»ga rasmiy taklif yubormoqchi. De Bryoynening neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq «Galatasaray» Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Aleksey Batrakovni sotib olishga yaqin turgani haqida xabar berilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya klubi Rossiya terma jamoasi futbolchisi uchun shartnomada ko‘rsatilgan 20 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyorlanmoqda.













