Italiya terma jamoasining sobiq sardori Djanluidji Buffon «Manchester Siti» sobiq murabbiyi Pep Gvardiolaning tayinlanishi ham terma jamoaga muvaffaqiyatli natijalarni kafolatlay olmagan bo‘lar edi, deb bayonot berdi.
— Gvardiola qay darajada yaxshi variant bo‘lar edi?
«Uning birgina nomi jamoaga katta ruhiy turtki bergan bo‘lardi va bu bizga juda kerak edi. Ammo hatto u bilan ham natijalarga to‘liq ishonch bo‘lmasdi.
U so‘nggi 30 yilning eng buyuk murabbiyi, lekin shu paytgacha faqat klublarda ishlagan. Terma jamoa esa mutlaqo boshqa dunyo», — dedi Buffon.













