Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

«Yuventus» «Bolonya» himoyachisi bilan kelishuvga erishdi

«Yuventus» «Bolonya» himoyachisi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«Bolonya»ning markaziy himoyachisi Jon Lukumi «Yuventus»ga o‘tishga rozilik berdi.

28 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida «keksa sinyora» safiga borib qo‘shilishga tayyorligini bildirdi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchini taklif qilingan shartlar — yiliga 2,5 million yevro maosh bilan besh yillik shartnoma qanoatlantirgan. O‘yinchida boshqa klublardan ham takliflar bor edi, ammo u turinliklar variantini ma’qul ko‘rdi.

«Yuventus» endi transfer shartlarini «Bolonya» bilan kelishib olishi kerak. Manbaga ishonadigan bo‘lsak, «rossoblu»lar markaziy himoyachi uchun taxminan 25 million yevro so‘rashmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.

O‘tgan mavsumda Lukumi 43 ta o‘yinda maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 12:33, 03.08.2026.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик