Braziliyaning Maseyo shahrida (Alagoas shtati) o‘rtoqlik o‘yini paytida ilgari «San-Paulu»ning o‘smirlar jamoasida o‘ynagan 15 yoshli futbolchi Mikael Leandro otib o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Globo.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smir xatolik qurboni bo‘lgan. Fojia Pontal-da-Barra rayonida, u o‘yinda ishtirok etayotgan vaqtda yuz bergan. Unga va maydondagi boshqa kishilarga qarata o‘q uzilgan. Hujum giyohvand moddalar savdosini nazorat qiluvchi jinoiy guruhlar faoliyati bilan bog‘liq ekani taxmin qilinmoqda. Jarahatlangan futbolchi shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.
Leandro Maseyo chekkasida istiqomat qilar edi. 2026 yil boshida u «San-Paulu» akademiyasi jamoalaridan birida o‘ynab, Copa Fictor turniri g‘olibiga aylangandi. Ushbu turnirning o‘yinlaridan birida u uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilgan.
Qadrdon shahriga qaytgach, u faoliyatini mahalliy CSA klubining 15 yoshgacha bo‘lgan jamoasida davom ettirdi. Klub uning halok bo‘lgani munosabati bilan rasman hamdardlik bildirdi.
Polisiya surishtiruv ishlarini, guvohlarni so‘roq qilishni va hodisa joyini ko‘zdan kechirishni boshlab yuborgan. Ushbu fojia sababli Braziliyada yirik shaharlarning xavfli hududlarida yosh sportchilarning xavfsizligini ta’minlash masalasi yana kun tartibiga chiqdi.













