«Galatasaray» hujumkor yarim himoyachi Aleksey Batrakovning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga harakat qildi. «Insaydi ot Karpa» telegram-kanalining xabar berishicha, Stambul klubi «Lokomotiv»ga klub muzokaralar olib borishga tayyormi-yo‘qmi, degan mazmunda so‘rov yuborgan. «Temiryo‘lchilar» bosh direktori klubga bu qiziq emasligini aytib javob bergan.
Oldinroq «Galatasaray» 21 yoshli Batrakovning vakillari bilan bog‘langan edi. Futbolchining shartnomasidagi sotib olish opsiyasi Turkiya Superligasi klublari uchun amal qilmagani sababli Stambul «sherlari»ni «Lokomotiv»ga havola qilishgan.
No‘fuzli Transfermarkt portali Aleksey Batrakovni 28 million yevroga baholamoqda.













