«Fulxem» bo‘lajak mavsumda safar o‘yinlarini qora-qizil rangli katakli futbolkalarda o‘tkazadi. Shaxmat doskasi uslubidagi bunday formalar, eng avvalo, Xorvatiya bilan assosiasiyalanadi.

Katakli forma dizayni «Fulxem»ning 96/97 yilgi mavsumdagi safar formasiga ishora qiladi. Bu klub tarixidagi murakkab davr edi.













