«Real»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Xorxe Valdano 41 yoshli Krishtianu Ronalduning faoliyatini yakunlashi kerakmi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
— Krishtianu haqli ravishda barcha davrlarning eng buyuk futbolchilari qatoriga kiradi. Gap shundaki, u allaqachon muayyan yoshga yetgan va u o‘yinini rivojlantirishda barcha jihatdan Messidan tubdan farq qiladigan yo‘lni tanladi. U jarima maydonchasiga yaqinroq o‘ynashga intildi, Messi esa undan uzoqroq maydonda harakat qildi — ularning har biri o‘z afzalliklaridan kelib chiqib o‘yin borishiga ta’sir o‘tkazishga harakat qildi. Krishtianu gol urish bilan uzviy bog‘liqlikni saqlab qolishni istadi, Messi esa o‘yinning o‘zi bilan.
— Agar siz Krishtianuning murabbiyi bo‘lganingizda, unga nimani maslahat bergan bo‘lardingiz: o‘ynashda davom etishnimi yoki faoliyatini yakunlashnimi?
— Men barcha futbolchilarga futbolni har bir lahzasidan foydalanishni maslahat beraman. Tarix o‘z vaqtida ketmaganlarni jazolaydi, deyishgani yolg‘on: Kroyff «Levante»da paydo bo‘ldi, Pele — «Kosmos»da, Maradona «Nyuells»ga o‘tib, bor-yo‘g‘i bitta o‘yin o‘tkazdi... Barbir Kroyff — Kroyffligicha, Pele — Peleligicha, Maradona esa Maradonaligicha qoldi, — dedi Valdano.













