«Arsenal» «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda Ge Globo nashri yozmoqda.
«Kanonirlar» futbolchi uchun katta summa taklif qilishga tayyor. «Arsenal» Pedro uchun 100 mln yevro to‘lashni niyat qilgan. Lekin transfer amalga oshishi amrimahol. Braziliyalik futbolchi «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Transfermarkt o‘yinchini 80 mln yevroga baholamoqda. Joao Pedro o‘rtacha bitta gol urish uchun 212 daqiqa sarflaydi.













