The Athletic xabariga ko‘ra, Manor Solomon «Vest Hem»ning e’tiborini tortgan.
27 yoshli isroillik futbolchi Nunu Eshpiritu Santu jamoasini kuchaytirishi mumkin. The I Paper ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchiga yana bir da’vogar APL yangi keluvchisi — «Hall Siti» hisoblanadi. Biroq favorit sifatida aynan «bolg‘achilar» ko‘rilmoqda.
Manor 2023 yilda Doneskning «Shaxtyor» klubidan erkin agent sifatida «Tottenxem»ga o‘tgan edi. O‘shandan beri u «shporlar» safida APLda atigi beshta o‘yin o‘tkazdi va birinchi mavsumidayoq jarohat oldi. Shundan so‘ng u «Lids Yunayted», «Vilyarreal» va «Fiorentina» klublarida ijarada to‘p surdi.
Solomonning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













