Ispaniyaning "Barselona" klubi "Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvaresning transferiga bo‘lgan ishonchini tobora yo‘qotmoqda.
Kataloniya klubining 26 yoshli futbolchi bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarmagan, ammo tomonlar muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erisha olishmagan.
Manbaning xabar berishicha, iyun oyi boshida "Barselona" "Atletiko"ga taxminan 100 million yevro miqdorida rasmiy taklif yuborgan.
Kataloniya klubi muddatsiz muzokara olib borish yoki taklif qilingan summani sezilarli darajada oshirish niyatida emas. Biroq, "Atletiko" rahbariyati Alvaresni na 100 yevroga, na 150 yevroga sotishga rozi bo‘lmasligini ma’lum qilmoqda.













