«Real» Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Sky Sports xabariga ko‘ra, bugun klub rahbariyati vinger bilan uchrashib, yangi bitim imzolash shartlarini muhokama qildi. Amaldagi kelishuv 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Bugungi muzokaralardan so‘ng braziliyalik futbolchining amaldagi jamoasida qolishi kutilmoqda.
Avvalroq Vinisiusga «Arsenal» da’vogarlik qilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.













