«Marsel» o‘ta og‘ir moliyaviy vaziyatni boshdan kechirmoqda, deb xabar berdi fransuz jurnalisti Romen Molina X ijtimoiy tarmog‘ida.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klub 2027 yil 30 iyunga qadar futbolchilar sotuvidan kamida 180 million yevro ishlab olishi kerak. Aks xolda, «Marsel» Fransiya oliy divizionidan chetlashtirilish xavfi ostida qoladi.
Klub amerikalik milliarder Frenk Makkort tomonidan sotib olinganidan beri «Marsel»ga transferlar, maoshlar va boshqa xarajatlar uchun 800-900 million yevro sarflangan.
Yuzaga kelgan vaziyat sababli klub bu yozda qatiy tejamkorlik rejimini joriy etdi: 5 million yevrodan qimmatroq hech qanday transfer amalga oshirilmaydi va yangi kelgan hech bir futbolchi mavsumga 1 million yevrodan ortiq maosh olmaydi.













