«Monako» futbolchilari Pol Pogba va Ansu Fati shu payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Xetafe»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yuborishadi, xabar beradi Nice-Matin.
33 yoshli fransuz hali ham tizzasidagi muammolardan aziyat chekmoqda, 23 yoshli ispaniyalik esa mavsumoldi tayyorgarlikning boshida olgan mushak jarohatidan so‘ng tiklanishda davom etmoqda.
Har ikkala futbolchi ham yaqin haftalarda safga qaytishni rejalashtirishgan. «Monako»ning 8 avgustdan 14 avgustgacha Angliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.













