Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Kristian Kivu «Milan» bilan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng: «Boshida qiyinchiliklarga duch keldik»

Kristian Kivu «Milan» bilan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng: «Boshida qiyinchiliklarga duch keldik»

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «Milan»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jamoa duch kelgan qiyinchiliklar haqida gapirib berdi.

Chorshanba kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tgan derbi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Uchrashuv boshida qiyinchiliklarga duch keldik, maydondagi bo‘sh hududlardan to‘g‘ri foydalanmadik. To‘pga egalik qilishda, o‘z darvozamizdan hujum boshlash bosqichida bir nechta keraksiz xatolarga yo‘l qo‘ydik, ba’zida futbolchilar juda shoshilib qolishdi. Raqibga ham qoyil qolish kerak, ular o‘z pressingi bilan ishimizni qiyinlashtirishdi. Vaqt o‘tishi bilan moslasha oldik va bosimdan chiqish yo‘llarini topdik. Umuman olganda, juda yaxshi harakat qildik deb o‘ylayman», — deydi Kivuning so‘zlarini keltirgan Inter TV.

«Inter» tarkibida 52-daqiqada hisobni ochgan Federiko Dimarko gol muallifiga aylandi. «Milan»dan esa Kristofer Nkunku javob qaytardi — u bahs yakunida penaltini aniq amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:51, 06.08.2026.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик