«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘rtoqlik o‘yinida «Malyorka»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:3) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Obiyektiv baho berish qiyin. Birinchi taym qiziqarli kechdi. Raqibning ikkinchi goliga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘ydik. Bundan so‘ng qiyin bo‘ldi. Ammo ko‘rganlarimdan mamnunman.
Akademiyaning bir nechta yosh futbolchilari juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Ushbu o‘yinda biz jismoniy holatimizni yaxshilab bordik. Bu biz kutgan natija emas, ammo bu futbol.
«PSJ»ga qarshi o‘yin — har qanday jamoa uchun qo‘shimcha motivasiya manbai. Bu mutlaqo tabiiy hol. Bu mavsumoldi tayyorgarligimizning birinchi haftasi va tarkibda akademiyaning ko‘plab futbolchilari bor edi. Ular juda yosh o‘yinchilar, va men ularning mahoratini ham, mentalitetini ham e’tirof etishim kerak.
Uch kundan keyin yana bir o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazamiz. Terma jamoalarda o‘ynagan futbolchilarimizning qaytishini kutyapmiz, shundan so‘ng jamoamizga haqiqiy baho bera olamiz», — dedi Luis Enrike.













